Миржалол Йулчиев - Она каранг зур булиб кетдим - текст песни
Dardlashmadim dadam bilan.
Dardlashmadim dadam bilan.
Dunyo izlab chopibmanda har yon yelib
Xalq ichinda halol mehnat rizqim terib
Xech bo'lmasa bir kungina ishim qo'yib
Xech o'tirib dardlashmadim dadam bilan.
Ich-ichimda meni qiynab yurar tugun
Xol-ahvolin so'rab qo'ymaganim uchun
Choponlari osilgancha turar bugun
Xech o'tirib dardlashmadim dadam bilan.
Nay chalinar ichimdagi nolamdayin
Suxbatdosh yo'q u insonday olamdayin
Og'il bo'lib eshitmabman odamdayin
Xech o'tirib dardlashmabman dadam bilan.
Yumshoq to'shak solib qalin joy qilib
Ko'kchoy damlab issiqina choy qilib
O'tiribman endi afsus voy qilib
Xech o'tirib dardlashmadim dadam bilan.
Qayga borsam boribmanda sanam bilan
Bugun eslab og'rinaman alam bilan
Dardlarimni qanday yozay qalam bilan
Xech o'tirib dardlashmadim dadam bilan.
Padariga o'xshab yashar doim erkak
So'zim aytmoq uchun menga mador kerak
Borim oling lekin bir bor diydor kerak
Xech o'tirib dardlashmadim dadam bilan.
Ahvolim tang ahvolimni birov bilmas
Yuzim kular yurakkinam muzdek kulmas
Dardlarimni tinglashar-u aytkim kelmas
Xech o'tirib dardlashmadim dadam bilan.
Yolg'izmanki mendan yolg'iz yo'qday go'yo
Har ne orzu qilganlarim bo'lib ro'yo
Bekzodbekka do'ppingizdan kichik dunyo
Bir o'tirib dardlashmadim dadam bilan.