Nigora Karimboyeva va Rixsitilla Abdullayev - O, jonim - текст песни
Yuragim kutgandi baxtini
Uchratdi nahot kutganin
Bilsang edi, ko‘rguncha sen
Qanchalar alam yutganin
Tugab mana taqdirim qasdi,
Baxtni nasib etar menga.
Bugun o‘zim muhabbat masti,
Jonim fido erur senga.
O, jonim!
G‘uncha ochar muhabbat guli,
Azizim!
Sen o‘zing ko‘zim nuri.
O, jonim!
O‘tar balki vaqt ham ehtimol...
Yolg‘izim!
Yuragimda sen qol.
Ayrolmas endi hech kas
Sendan na jonu na jismimni.
Bor ekan to tanda nafas
Lablarim aytadi ismingni.
O‘zingda iqbolim mujassam,
Yuragimda xavotir tindi.
Ne kelsa ham, ne bo‘lsa ham,
Bizlar to abad birga endi.
O, jonim!
G‘uncha ochar muhabbat guli
Azizim!
Sen o‘zing ko‘zim nuri
O, jonim!
O‘tar balki vaqt ham ehtimol...
Yolg‘izim!
Yuragimda sen qol
O, jonim!
G‘uncha ochar muhabbat guli,
Azizim!
Sen o‘zing ko‘zim nuri.
O, jonim!
O‘tar balki vaqt ham ehtimol...
Yolg‘izim!
Yuragimda sen qol
