Ozodbek Nazarbekov - Bezovta bo'lar onam - текст песни
Sendan so’ng hayotda qovrilib, qaynab,
Ona, xotirjam bo’l, yuribman o’ynab.
Hali ham akamni, opamni qiynab,
Boshida shamoli bordir bolangni.
Tushundim nelardan beziblar ketding,
Yarim yuragimni eziblar ketding.
Osmonim – bolam deb seziblar ketding,
Ko’klarda kamoni bordir bolangni.
Ona xotirjam bo’l…
Mendan uzoq ket qayg’u,
Yaqinlashma endi g’am.
Yengilsam hasratlarga,
Bezovta bo’lar onam. (x2)
Anduhlarga ko’milib,
Ko’zyoshimga cho’milib,
Qolsam tutday to’kilib,
Bezovta bo’lar onam.
Qolsam tutday to’kilib,
Bezovta bo’lar onam.
Hatto ruhi parvona,
Oromi yo’q giryona.
Yig’lasam tushimga kirib,
Bezovta bo’lar onam.
Ey dard, aylama bemor,
Tunlarim etib bedor.
Yuragim topsa ozor,
Bezovta bo’lar onam.
Ko’nglimda yonsa chiroq,
Bosgan yo’lim bo’lsa oq,
Yursam bundan yaxshiroq
Ruhi tinch bo’lar onam.
Hatto ruhi parvona,
Oromi yo’q giryona.
Yig’lasam tushimga kirib,
Bezovta bo’lar onam.
Bo’lsa rangim zafaron,
Judolikdan bag’rim qon.
Ruhi tegramda giryon
Bezovta bo’lar onam. (x2)
Hatto ruhi parvona,
Oromi yo’q giryona.
Yig’lasam tushimga kirib,
Bezovta bo’lar onam. (x2)
Yig’lasam tushimga kirib,
Bezovta bo’lar onam. (x2)