YAHYOBEK MO'MINOV - O'XSHATOLMAYMAN - текст песни
Sen yo‘qsan, qalbimda ohlar yig‘laydi,
Tenggi yo‘q go‘zallar, mohlar yig‘laydi. (2x)
Bargidan ayrilib shoxlar yig‘laydi,
Men seni hech kimga o‘xshatolmayman.
Men sendan o‘zgani seva olmayman,
Men seni hech kimga o‘xshatolmayman.
Hijronning yo‘lida tosh bo‘lgan o‘zim,
Ohudek ko‘zingda yosh bo‘lgan o‘zim,
Ham ko‘zingga ko‘zu qosh bo‘lgan o‘zim,
Men seni hech kimga o‘xshatolmayman.
Men sendan o‘zgani seva olmayman,
Men seni hech kimga o‘xshatolmayman.
O‘taman tunimni tunimga ulab,
Kutaman men sen kunimda tilab,
So‘nggi bor aytaman: kelgin bir so‘rab,
Men seni hech kimga o‘xshatolmayman. (2x)
Men sendan o‘zgani seva olmayman,
Men sendan o‘zgani seva olmayman.
Men seni hech kimga o‘xshatolmayman,
Men sendan o‘zgani seva olmayman.
