ZOKIR OMON - EY GUL - текст песни
Ey gul,
Seni unutdim,
Uzib ketdi boshqalar.
Mana, endi ilk sevgim
Yuragimga tosh qalar.
O,bu toshlar bir og'ir,
Har qirrasi qizil cho'g'.
Og'riydi, jonim og'rir,
Bu og'riqqa da'vo yo'q.
G'uncha eding,
Gul eding,
Ochilmasdan so'lding-ku.
Baxtim eding, bor umrim
Yetmas azob bo'lding-ku!
Unutmoq ham shunchami,
Dunyo to'ldi bo'g'zimga.
Yonib turgan kunchalik
Botib qolding ko'zimga.
Ey gul, sendan kechdimu,
Unutolmay bag'rim qon.
Xayolingdan o'chdimu
Xayolimda sen hamon.
